
O'FF (O'zbekiston futbol federatsiyasi)ning ijtimoiy tarmoqlardagi suratlarida terma jamoamizning bazi taktik ishlanmalar ko'rinib qolgan.

Bu suratda yarim himoyachi Odil Ahmedov ortidagi standartlar sxemasi aniq ko'rinib turibdi. Unga ko'ra, Ahmedov jamoa sardori, Igor Sergeev - penaltilarni amalga oshiruvchi, Otbek Shukurov, Egor Krimec va Marat Bikmaevlar jarima zarbalar tepuvchidir.
Bundan tashqari, jamoamiz hujum qilayotganda Vitaliy Denisov va Davron Hoshimovlar himoyada qolishlari ham ko'rsatilgan.