Janluka Manchini koronavirusga chalindi

Rimning "Roma" klubi himoyachisi Janluka Manchini koronavirus infekciyasini yuqtirib olganini ma'lum qildi.

"Barchaga salom! Menda koronavirus borligi aniqlandi, shu tufayli karantinga olindim. O'zimni yaxshi his qilyapman. Umid qilamanki, tez orada maydonga qaytaman", - deb yozdi Italiya terma jamoasining 24 yoshli a'zosi o'zining instagramdagi sahifasida.

U A Seriyaning joriy mavsumida 4 ta uchrashuv o'tkazgan.


Manba: soccernews