

Hozirda "Manchester Yunayted"da faoliyat olib borayotgan Joze Mourinyo qayerda ishlamasin, o'z futbolchilarini ham ayab o'tirmaydi.
Bazan bu ish beradi, bazan esa aksincha...
Qaysidir futbolchining o'yini, maydondagi harakatlari unga maqul kelmasa, u buni yashirib o'tirmaydi. Jurnalist bu borada savol berdimi, boricha aytib tashlayveradi. Bu mutaxassis faoliyatining bir qismi.
E'tiboringizga zamonamizning eng “janjalkash” murabbiylaridan biri Jozening o'z futbolchilari (turli davrlarda, turli jamoalarda ishlaganida) tomon OAV orqali aytgan “shirin” so'zlarini xavola qilamiz.

Vitor Bayya - “Portu”
“U yosh edi va o'zini ko'rsatishni xohlardi va u buning uddasidan chiqdi”. Bu voqealarga bir necha yil bo'ldi, lekin o'shanda nima bo'lgani Bayyaning yodida va bu Mourinyoning rejasi ekanini ham yaxshi tushungan. O'sha yillari Bayya Portugaliyaning eng mashhur darvozabonlaridan biri edi. 32 yoshida klub “yulduz”iga aylangan Bayya 6 marotaba chempionlik maqomiga erishgan. Ammo "Portu" yosh va qiziqqon murabbiy qo'l ostida ishonchli va muntazam o'yin ko'rsata olmayotgandi. Mourinyo esa vaziyatni kuch bilan qo'lga olishga qaror qildi. U mashg'ulot payti Bayya bilan janjallashib qoldi, va uni bir oyga o'yindan chetlashtirdi.
Bu ish berdimi?
“Joze “muddatim” tugagandan so'ng, meni quchoq ochib qarshi oldi va darhol birinchi jamoaga qaytdim”. O'sha yilgi mavsum so'ngida shaharliklar Portugaliya Chempionati va UEFA Kubogida g'alaba qozonishdi. Keyingi mavsumda klub Chempionlar Ligasida ham zafar quchishga erishdi. O'sha yili “trebl” qayd etildi. Natijada, Mourinyo dunyodagi eng mashhur murabbiyga aylandi. Ha, barchasi rejadagidek amalga oshgan.

Adrian Mutu - “Chelsi”
“Portu”da bo'lgani kabi Mourinyoning Stemford Bridjdagi faoliyati ham shiddat bilan bong urdi. U o'tgan mavsumda 15,8 mln evroga sotib olingan va bor yo'g'i 2ta o'yinda ishtirok etganiga qaramay, o'zini namoyon qila olgan Mutuga taqiq qo'ydi. 25 yoshli ruminiyalik hujumchi tez orada kokain testi bo'yicha ijobiy natija oldi, shundan so'ng Mourinyo uni avvalgi prezident Klaudio Raneri ortidan jo'natib yubordi. “Men kelgunimgacha Mutu klubda bor edi, shunday ekan, bu mening aybim emas. Lekin uni sotib olmoqchi bo'lganlar katta xatoga yo'l qo'yadi”, - deydi Mourinyo.
Bu ish berdimi?
Mourinyoning xohishi amalga oshdi: Mutu klubdan ketdi. U siz ham “Chelsi” keyinchalik erishgan yutuqlar va futbolchining narkotik bilan bog'liq muammolari portugaliyalik murabbiyning haq bo'lganligini isbotlab berdi. Lekin sobiq murabbiyi qiyinchiliklarga duch kelganida Mutu alamini olishga muvaffaq bo'ldi. U “Mourinyo yaxshi murabbiy, lekin inson sifatida u oddiy qo'g'irchoq”, deb intervyu berdi.

Jo Koul - “Chelsi”
Roman Abramovichning “Chelsi”da yana bir ajoyib transferi Jo Koul bo'ldi. Yosh futbochidan Pol Gaskoynning uslubini kutishgandi. Mourinyo faoliyatining ilk davridayoq “Liverpul” bilan bo'lgan bahsda (1:0) Koul muvafaqqiyat golini urdi. Ammo murabbiy 22 yoshli o'yinchining chiqishlarini qattiq tanqid ostiga olgan: “U hali ko'p narsani o'rganishi kerak. Koul ilk golini urganidayoq, u uchun futbol yakuniga etgandi. Har jamoada 11 nafardan o'yinchi bo'lsa, menda ular 10 nafargina edi”.
Bu ish berdimi?
Ha, ish berdi. Mourinyo davridagi birinchi mavsum boshida Koul “Chelsi”da yaxshi ishladi, jamoa esa hech qanday qiyinchiliklarsiz g'alaba qozondi. Lekin u Mourinyoning so'zlarini unutgani yo'q, o'z ustida yaxshi ishlab, raqiblari Demen Daff va Aren Robben bilan kurashda g'alaba qozondi. Ammo 2009 yil jiddiy jarohat tufayli keyingi faoliyati biroz sustlashib qoldi. Premer Ligada 3 marta g'alaba qozondi va bir yildan keyin “Chelsi”dan ketdi. U 2016 yil Mourinyoni “eng yaxshi murabbiy” deb atadi.

Mario Balotelli - “Inter”
Mourinyo “San-Siro”ga o'tishiga qadar, Balotelli allaqachon jamoaning yuziga aylanib ulgurgan edi. U 17 yoshida, klubning ikkinchi o'yinida, A seriya va Italiya Kubogida zafar quchishga ulgurgan. Keyingi mavsumdan, Mourinyo kelganidan so'ng, muammolar paydo bo'la boshladi. “Bunday yosh futbolchi mashg'ulotlarga Figu, Kordoba va Zanettidan kam qatnashishi mumkin emas. 2009 yil noyabrda bo'lib o'tgan “Roma”ga qarshi uchrashuvda (1:1) Mourinyo Balotelliga “O'yindagi ishtiroking “nol”ga teng bo'ldi. Undan ko'ra o'yinga tushmaganing maqul edi”, - deb aytdi.
Bu ish berdimi?
Yo'q, ish bermadi. Agar Balotellining keyingi faoliyatiga qiziqib ko'rgan bo'lsangiz, uning eng katta dushmani o'zi ekanini yaxshi tushunib etasiz. Keyinchalik ham futbolchining Mourinyo bilan janjallari tugamadi. “Inter” Chempionlar Ligasida g'alaba qozondi, lekin Balotelli maydonda deyarli ko'rinmadi. Vaholanki, U qayerda o'ynamasin, “Man Siti”, “Milan” va “Liverpul”da ham o'ta omadsiz uchrashuvlar bilan bir qatorda, yorqin o'yinlar o'tkazadi. Faqat hozirda bu ishni u “Nicca” amalga oshirmoqda.

Salli Muntari "Inter"
2008 yil Muntari kutilmaganda 12.7 million funt evaziga "Portsmut"dan Mour jamoasiga kelib qo'shiladi. Keyingi yil avgust oyida Bariga qarshi o'yinning yarim soati durrang bo'laverganidan so'ng, Mourinyo yarim himoyachini almashtirishga qaror qiladi. O'yindan so'ng, Mourinyo shunday degandi: Muntari Ramazon tufayli imkoniyatlari darajasida o'yin ko'rsata olmayapti. Balki ro'za tutayotgani futbolchiga halaqit qilayotgandir. Ramazon oyi sportchilar uchun unchalik qulay oy emas. Bu intervyudan so'ng, butun dunyo bo'ylab musulmonlar Jozeni qattiq tanqid ostiga olishgan va xushlamay qo'yishgan.
Bu ish berdimi?
Murabbiyni tanqid qilganlar ham, qo'llab-quvvatlaganlar ham bo'ldi. Mourni yonini olganlar u hech kimni xafa qilish niyatida bo'lmaganini aytishdi. Muntari baribir Mourinyo jamoasining asosiy o'yinchilaridan biri bo'la olmadi, ammo Bavariya bilan o'yinda va umuman Chempionlar Ligasidagi g'alabada muhim rol o'ynadi. Muntari o'z vaqtida Mourinyo haqida shunday degandi: "Mourinyo rol o'ynamaydi, u chindan ham shunday. Siz faqat Mourinyo sizga ishonsagina o'ynaysiz. Agar siz o'yin qaydnomasida, yoki asosiy tarkibda bo'lmasangiz, murabbiy sizga butkul ishonmaydi va bu haqida ochiqchasiga ayta oladi".

Iker Kasilyas ("Real Madrid")
Yaqin vaqtlargacha dunyoning eng yaxshi posboni deb atayotgan futbolchini tarkibdan chiqarib yuborish, unchalik ham aqlli qaror emasdek tuyulgan ko'pchilik muxlislarga. Ammo 2010 yil Bernabeu kelganiga ko'p bo'lmagan Mourinyo darvozabon Kasilyas bilan urushib qolgach, akademiyadan chiqqan yosh va tajribasiz Antonio Adanni klub afsonasi va Jahon Chempionidan kuchliroq degani tushunarsiz harakat edi. “Adan operaciyasi” ish bermagach, murabbiy Vilyarrealdan Diego Lopesni sotib oladi va Kasilyasni zaxirada qoldiradi. Menga Diego Lopesning o'yini ko'proq yoqyapti, shu xolos.
Bu ish berdimi?
Yo'q. Axir Mourinyo jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri, kiyinish xonasidagi yetakchi tomon tosh otgandi. Bunga javoban u jamoa bilan aloqalarni yo'qotdi. Murabbiy 2012 yil o'z tarixida eng kuchli davrini o'tkazayotgan Barselonani engganini hech kim unutmaydi, ammo... Ikerning ikki do'sti, Pepe va Serxio Ramos ko'rinishidagi qarshi quroli bor edi. Aynan shu ikki himoyachi jamoa ichida murabbiyga qarshi o'ziga xos “to'ntarish” amalga oshirilishida faol ishtirok etishdi. Ikerni nafaqat Madrid yoki Ispaniyada, balki butun dunyoda qattiq hurmat qilishadi. Shu sabab Mour bu safar baribir adashgandi.

Krishtianu Ronaldu ("Real Madrid")
Har ikkisining agenti Jorje Mendesh bo'lishiga qaramay, Mourinyo va Ronaldo munosabati avval boshidan unchalik yaxshi bo'lmaganini takidlashadi. O'sha paytda dunyoning eng qimmat futbolchisi Mourinyoning buyruq ohangidagi ko'rsatmalarini ortiqcha ishtiyoqsiz bajarar, murabbiy esa bazan boshqa futbolchilarni Krishtianudan ustun qo'yardi. Murabbiy va futbolchining munosabatlari yaxshidek edi, faqat... Yaxshi edi, Mourinyo OAVga: Men Ronalduni taktik jihatdan o'sishi mumkinligini ko'rib, unga kamchiligini aytgandim. U buni qabul qilishni istamadi. Balki bunga u o'zini murabbiydan ham ko'proq narsa bilishi va hech kim uni yangi narsalarga o'rgata olishiga ishonmasligi sababdir.
Bu ish berdimi?
Aslo yo'q. Kasilyas bilan bo'lgan vaziyatdagidek, Mourinyo tegish kerakmas bo'lgan figuraga tosh otdi. Shunchaki Mour Bernabeuda barchasi qolgan jamoalardagidan farq qilishini bilmasdi. Ronaldo o'z davrining ikki eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lib, jamoada uni o'rnini bosadigani yo'q edi, transfer narxi haqida eslatishning hojati bo'lmasa kerak. Shu hislatlarga ega Krishtianuga juda katta e'tibor berilardi va Madridda uning ta’sir kuchi yuqori bo'lib ulgurgandi. Bu to'qnashuv jamoa muxlislari bo'linishiga olib keldi, ammo sovrinlarsiz yakunlangan mavsumdan so'ng, barchasi oydinlashdi. Mourinyo xato qilgandi. Madridda esa bunday xatolar kechirilmaydi va murabbiyga 2013 yil chiqish eshiklari ko'rsatildi.

Nemanya Matich
O'zi zaxiradan maydonga tushgan futbolchini almashtirish OAVga aytilgan gaplardan ham kuchliroq. Chelsi o'z uyi Stemford Brijda Sautgemptonga qarshi o'yinda hisobni tenglashtirgandan so'ng, Mourinyo Matichni maydonga tushiradi. Oradan 28 daqiqa o'tib, serb yana zaxira o'rindig'iga qaytadi. U Chelsiga Benfikadan qaytgach, maydon markazida muhim o'yinchi edi va 2015 yilgi chempionlikda katta hissa qo'shgandi. Avliyolardan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (3:1), Mourinyo uning ko'rsatmalari va o'yin uslubiga amal qilinmayotganini butkul tushunib etadi. Bu kamsitish emas. Menga futbolchilar yoqadi va men ishonch bildiraman. Ular yaxshi o'yinchi ekanligini bilaman, biroq bazilar uchun qiyin vaqtlar kelgan ko'rinadi. Matich – shu qatorda. Uning o'yini chiqmayapti. Himoyada tezkor va aqlli qarorlar qabul qila olmayapti. To'p bilan muomalada xatolarga yo'l qo'ymoqda va ko'p vaziyatlarda kerakmas qarorlar chiqarmoqda.
Bu ish berdimi?
Bunga aniq bir javob berish mushkul. Mourinyo faoliyatidagi eng yomon mavsumda Eden Azar, Diego Kosta va shu qatorda Matich bilan bog'liq muammolar yuzaga qalqib chiqdi. 2015 yil dekabrida Joze klubni tark etdi, murabbiy obro'siga esa putur etdi. Matich o'zining eng yaxshi formasiga qaytishi uchun deyarli bir yil vaqt kerak bo'ldi. Bugungi kunda Nemanya Manchester Yunaytedda, Mourinyo qo'l ostida ajoyib o'yin ko'rsatmoqda va nafaqat jamoasining, balki dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri bo'lib turibdi.

Shunga o'xshash voqealar tarixda kam emas. Joze Mourinyoning og'ir xarakter sohibi ekanligi esa hech kimga sir emas. Bazan u xarakteri tufayli zafar quchadi, bazan esa pand eydi. Bu holatga har kim o'zicha munosabat bilidirishi tabiiy hol. Biz shunchaki Joze faoliyatidagi bazi voqealarga nazar tashladik. Nima bo'lganda ham, Mour zamonamizning eng yaxshi murabbiylaridan biriligicha qolaveradi. Uning yutuqlari, sovrinlarini hech kim olib qo'ya olmaydi!
Nozima Zaripova tarjima qildi



