Janjal, penalti, qahramon - chorak finalning qiziqarli raqamlari

O'zbekiston kubogining chorak final bahslari yakuniga etdi.

1/4 final

20.10.2021. "Olimpik" 0:1 "Paxtakor", 1 266 kishi

28.10.2021. AGMK 3:2 "Qizilqum", 131 muxlis

28.10.2021. "Bunyodkor" 2:1 "Surxon", 544 tomoshabin

29.10.2021."So'g'diyona" 0:1 "Nasaf", 2 450 muxlis

Chorak finla bahslarini 4 391 muxlis stadionning o'zidan tomosha qildi. Bu  har o'yinda o'rtacha 1 098 nafar tomoshabin arenaga kelganini bildiradi. Guvohi bo'lganingizdek, eng ko'p ishqiboz Jizzaxdagi o'yinda ishtirok etdi (2 450 nafar). Eng yomon natija esa AGMK - "Qizilqum" o'yinida qayd etildi (131). 

4 o'yinda jami 10 gol urildi. Bu har o'yinda o'rtacha 2,5 tadan gol degani. To'plarning 5 tasi mezbon, xuddi shunchasi mehmon jamoalar tomonidan kiritildi. Eng ko'p gol AGMK va "Qizilqum" o'rtasidagi o'yinda urildi (5). Faqat 2 jamoa raqibi darvozasini ishg'ol qilolmadi ("Olimpik" va "So'g'diyona").      

Faqat 1 futbolchi dublga erishdi - Husniddin G'ofurov (AGMK).

Xet-trik yoki poker qayd etilmadi.

4 o'yinda referilar 24 marta sariq kartochkaga murojaat qilishdi (o'rtacha 6 tadan). Hech kim maydondan chetlatilmadi.

Eng qo'pol o'yin "So'g'diyona" - "Nasaf" bo'ldi (11 ta sariq).

1 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi (Jizzaxda).

Chorak final bosqichining eng chiroyli goli sifatida Husniddin G'ofurovning "Qizilqum" darvozasiga jarimadan kiritgan to'pi tanlandi (ijro mahoratining yuqoriligi tufayli).

Chorak finalning eng yaxshi murabbiyi sifatida asosan zaxira futbolchilari bilan "So'g'diyona"ni mag'lub qilgan Ro'ziqul Berdievni tanladik.

Tur qahramoni - AGMK yarim himoyachisi Husniddin G'ofurov (2 gol, 1 assist). Shuningdek, Jizzaxda "quruq" o'ynagan "Nasaf" posboni Azamat Soibov ham bu nominaciyaga munosiblar qatorida edi. 

Ma'lumot uchun, Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" yarim finalda Mirjalol Qosimov shogirdlariga bilan to'qnashsa, final yo'llanmasini beradigan 2-bahsda "Toshkent derbisi"ning guvohiga aylanamiz.

Tugadi! Endi o'zbek klublari o'z smetasini mustaqil tuza olmaydi


Manba: championat.asia