Jamshid Saidov: "Kurash davom etadi, oxirigacha jang qilib, muxlislarni xursand qilishga urinamiz"

Aslanov Jasurbek
5 avg 2023, 23:16
"Buxoro" - "Qizilqum" o'yinidan (1:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Jamshid Saidov: "Standart vaziyatda bitta qo'pol xatoga yo'l qo'ydik va keyin muvozanatni tiklay olmadik. Hujumlarimizda yakun yetishmadi. Kurash davom etadi, oxirigacha jang qilib, muxlislarni xursand qilishga urinamiz."

- Ikki bahsdan beri faol bo'lgan Islom Kenjaboev erta zaxiraga olindi va bu "Qizilqum" o'yiniga ta’sir ko'rsatdi.

- Kenjaboev oxirgi 3-4 kun o'zini yaxshi his qilmayotgandi. Jismoniy holati yaxshi emas edi. Buning ustiga uni almashtirib, 3 himoyachi bilan o'ynab, vabankka qo'l urdik.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia