Jamoani uch yil avval tark etgan Messi haligacha Barselonadan maosh oladi. Qanday qilib?

Khoja
26 fev 2024, 08:45
Kataloniyaning Barselona klubi sobiq jamoa o'yinchilari Lionel Messi, Serji Buskets va Jordi Albaga maosh to'lashda davom etmoqda, deb xabar beradi Sadena Ser.

Manbaga ko'ra, Barselona klubni tark etganiga qaramay, Messi, Alba va Buskets oldidagi shartnoma majburiyatlariga ega. Bunga koronavirus pandemiyasi davrida qo'shimcha imzolangan shartnomalar bilan bog'liq o'zgarishlar sabab bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Messi 2021 yilda Kataloniya klubini tark etgandi. Alba va Buskets esa 2023 yilda Barselona bilan xayrlashgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Sadena Ser