"Jamoa a'zolari yordam berishga tayyor" - Roberto "Barselona"da maoshlar kamayishi haqida

Sherzod Nurmatov
14 avg 2021, 21:28
Futbolchi maosh mavzusida gapirdi.

"Barselona" himoyachisi Serxi Roberto Kataloniya klubi futbolchilarining moliyaviy holati masalasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Maoshimiz kamayishiga qarshilik qilganmiz? Bunday axborotlar – mutlaqo yolg'on. Biz rozilik berganmiz, jamoaning barcha aolari yordam berishga tayyor. Hamkorlik qilishni va "Barselona" moliyaviy barqarorlikka qaytishini istaymiz.

"Barselona"ni Laporta boshqarishini bilib, hammamiz oyliklar kamayishiga rozilik bildirganmiz. Yozda bor diqqat-e'tibor Messi bilan muzokaralarga qaratilgandi, ammo bu vaqt ortda qoldi. Biz dastlabki daqiqalardanoq hamkorlik qilganmiz va yordam berishga shay turganmiz", – dedi Roberto. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Vanguardia