Jaloliddin Masharipov OCHL chorak finalining eng foydali futbolchisi deb topildi
Mirjalol Normatov
18 okt 2021, 23:20
OCHL matbuot xizmati chorak final bahslarining eng yaxshi futbolchilari kuchli beshligini taqdim qildi.
Unga ko'ra, "Al Vahda"ga qarshi o'yinda ikki gol va bir assist qayd etgan "Al Nassr" futbolchisi Jaloliddin Masharipov chorak finalning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Vatandoshimizga 9,2 ball qo'yildi.