

"Klubdagi barcha yigitlar bilan oldindan tanishman. Birinchi kun engil mashg'ulotlar o'tkazdim. Umid qilamanki, "Lokomotiv"ga tezda kirishib ketaman deb o'ylayman. Jamoaga foyda keltirsam xursand bo'laman.
"Lokomotiv" klubi bu mavsum Osiyo chempionlar ligasida o'ynaydi. Xalqaro musobaqada o'ynab tajribam yanada oshishiga umid qilaman. Bu ham o'zimga, ham milliy terma jamoaga foydali bo'ladi.
"Lokomotiv" safida OCHLda g'olib bo'lishni o'z oldimga maqsad qilib qo'yaman. Bundan tashqari o'zimni Yevropaga reklama qilishga urinaman. Orzuim kelajakda Yevropa klublarida o'ynash", - deydi Masharipov "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati bilan suhbatda.




