Jaka tizzasidagi jarohat sabab uch oyga safdan chiqdi

Alisher
29 sen 2021, 18:01
"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka APL 6-tur doirasidagi "Tottenxem" (3:1)ga qarshi o'yinda tizzasidan olgan jarohati sabab uch oyni o'tkazib yuboradi.

Tibbiy tekshiruvlardan so'ng mutaxassislar 29 yoshli shveytsariyalik futbolchining tiklanishi uchun jarrohlik amaliyoti kerak emasligini ma'lum qilishdi.

Futbolchida tizza medial bog'lami jarohatlangani aniqlandi.

Jaka 2021/22 yligi mavsum "Arsenal" safida 5ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: arsenal.com