Jaka qishki transfer oynasida “Arsenal”dan ketmoqchi

Eldor Akmurzayev
15 noya 2020, 21:55
“To'pchilar” yarim himoyachisi Granit Jaka jamoasini o'zgartirmoqchi, deya xabar beradi Sky Sports.

Jaka “Arsenal"ni 2021 yil yanvarida tark etishni rejalashtirmoqda. Manbaga ko'ra, u Bundesligaga qaytishni o'ylamoqda.

Shveytsariyalik joriy mavsum APLda 8 o'yinda qatnashib, birorta ham samarali natija ko'rsatolmadi. 

28 yoshli xavbek 2016 yildan buyon londonliklar sharafini himoya etmoqda. Avvalroq esa u "Borussiya M"da o'ynagandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports