Jahonning ayni vaqtdagi eng yaxshi yosh futbolchisi aniqlandi (Goal talqini)

Eldor Akmurzayev
23 mar 2021, 20:45
"Goal" portali 2002 yil va undan keyin tug'ilgan eng istiqbolli futbolchilarning reytingini tuzdi.

Ro'yxatdan 50 futbolchi joy oldi. Reytingda yetakchi sifatida “Barselona” va Ispaniya TJ a'zosi 18 yoshli Ansu Fati qayd etildi. 

Kuchli uchlikdan “Renn” xavbeki Eduardo Kamavinga va “Borussiya D”ning hujumkor yarim himoyachisi Jovanni Reyna joy olgan.

Kuchli o'nlik quyidagi ko'rinishda:

1. Ansu Fati (Ispaniya, “Barselona”);

2. Eduardo Kamavinga (Fransiya, “Renn”);

3. Jovanni Reyna (AQSH, “Borussiya” Dortmund);

4. Pedri (Ispaniya, “Barselona”);

5. Jud Bellingem (Angliya,”Borussiya” Dortmund);

6. Florian Virc (Germaniya, “Bayer”);

7. Rayan Gravenberx (Niderlandiya, “Ayaks”);

8. Jamal Musiala (Germaniya, “Bavariya”);

9. Muhammad Ixattaren (Niderlandiya, PSV);

10. Reynier (Braziliya, “Real”, hozirda ijara asosida “Borussiya”da o'ynamoqda).

To'liq ro'yxat bilan esa quyidagi LINK orqali tanishishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal