

Osiyo qitasidan Eron ilk g'alabasini nishonladi, Qatar Senegalga mag'lubiyatga uchradi va musobaqani tark etishi ma'lum bo'ldi. Niderlandiya - Ekvador bahsida kuchlar teng keldi. "Bunyodkor" bosh murabbiyi mazkur uchrashuvlar haqida umumiy va qisqacha fikrlarini bildirdi.

"Barcha jamoalar juda yaxshi saviyada futbol ko'rsatmoqda. Favoritlar deyarli yo'q, deb o'ylayman. Tartibli va intizomli futbol, himoyada xatosiz o'ynash ko'p o'yinlarni hal qilmoqda. To'g'ri taktika tanlash ikkinchi raqamda o'ynaydigan jamoalar uchun muhim. Bu favorit, deya qaralayotgan jamoalarni yutishga yordam beradi. Qatardagi musobaqa kichik va katta terma jamoalar o'rtasida farq kamayib borayotganini ko'rsatadi.
Osiyoliklar haqida? Ular o'yin sifati borasida oldinga qarab rivojlanmoqda. Bu natijada o'z so'zini aytyapti",- deydi Ivan Boshkovich.



