Italiyaning ikki klubi 11 yil deganda YCHLning 1/4 finaliga chiqdi

14 mar 2018, 08:27
“Roma” “Shaxtyor”ni Jekoning yagona gol evaziga mag'lub etib keyingi bosqichga yo'l oldi.

O'tgan hafta esa “Tottenxem” ustidan g'alaba qozongan “Yuventus” ham 1/4 finali yo'llanmasiga ega chiqqan edi.

Shu tariqa ushbu mavsum 1/4 finalida o'ynaydigan Italiya jamoalari ikkitaga etdi.

Bunday natija 2006/2007-yilgi mavsumdan beri kuzatilmayotgan edi. O'shanda “Milan” hamda “Roma” jamoalari 1/4 finali bosqichiga chiqishga erishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live