Italiyada eng ko'p maosh oladigan murabbiy nomi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
11 sen 2019, 23:28
"Inter"ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriyada eng ko'p maosh oladigan murabbiyga aylandi.

"Gazzetta dello Sport" nashri Italiyada ishlayotgan murabbiylarning maoshi borasida ro'yxatni e'lon qildi. Unga ko'ra, birinchi o'rinda yiliga 11 million evro maosh bilan "neradzurri"lar ustozi egalladi.

Ikkinchi pog'ona esa "Yuventus" ustozi Mauricio Sarriga tegishli. U yiliga 5,5 million evro maosh oladi. Kuchli uchlikni yiliga 5 million evro maosh bilan Karlo Anchelotti yakunlab bergan.

A Seriyada eng kam maoshni "Udineze" ustozi Igor Tudor oladi - yiliga 500 ming evro maosh.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport