Italiyada 2021 yilga qadar o'yinlar muxlislarsiz o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 14:55
Italiya chempionatining o'yinlari 2021 yil yanvariga qadar muxlislarsiz o'tishi mumkin.

Jurnalist Tankredi Palmerining bergan ma'lumotiga ko'ra, ayni damda hukumatda bu variant ko'rib chiqilmoqda.

Italiya - Yevropada koronavirus yuqtirganlar soni bo'yicha yetakchi davlat bo'lib turgandi. Hozir esa Ispaniya yetakchilikni tortib oldi.

Bugungi kunga qadar koronavirusdan vafot etganlar soni 19 468 nafarni tashkil qilmoqda.

A Seriya A 26-turdan keyin to'xtatilgan edi. 63 ochko bilan Yuventus peshqadam bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport