Italiya JCH-2014 qur'asi vaqtida birinchi savatchadan joy olmaydi

Tolibjon Qosimov
17 okt 2013, 15:48
FIFA JCH-2014 final bosqichiga qur'a tashlash jarayonida birinchi savatchaning ro'yxatini e'lon qildi.
Birinchi savatcha: Braziliya, Ispaniya, Germaniya, Argentina, Kolumbiya, Belgiya, Shveytsariya va Urugvay (yoki Gollandiya, agar Urugvay pley-offda Iordaniyaga yutqazib qo'ysa).

Shunday qilib, Italiya terma jamoasi Urugvay JCHga chiqa olmasa ham birinchi savatchaga kira olmaydi.

Birinchi savatcha FIFA reytingiga ko'ra aniqlandi.

Qolgan savatchalar mintaqalar bo'yicha taqsimlab chiqilgan: ulardan biriga Shimoliy Amerika, Osiyo va Okeaniya vakillari, yana biriga – Yevropaning qolgan jamoalari, oxirgisiga – Janubiy Amerika va Afrika jamoalari joylashtiriladi.

Savatchalarning yakuniy tarkibi 15 va 19 noyabr kunlari bo'lib o'tadigan pley-off o'yinlaridan so'ng aniqlanadi.

JCH-2014 qur'asi 6 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru