Italiya termasining ikki yarim himoyachisi safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
8 noya 2021, 22:50
Italiya termasi bosh murabbiyi Roberto Manchini jarohatlangan futbolchilar haqida gapirdi.

"Ayrim futbolchilarning jismoniy holatida muammolar bor. Dzanolo hamda Pellegrini salomat emas, ular bugun uyga jo'natiladi. Ularni boshqa futbolchilar bilan almashtiramiz. Barellaning holatiga baho beryapmiz. Qolgan futbolchilarda barchasi joyida", - dedi Manchini.

Italiya termasi 12 noyabr kuni Shveytsariya hamda 15 noyabr kuni Shimoliy Irlandiya termasiga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia