Italiya terma jamoasi Manchini qo'l ostida 2 yildan beri yutqazmayapti

Aslanov Jasurbek
16 noya 2020, 08:00
Italiya terma jamoasi Millatlar Ligasi 5-turida Polshani 2:0 hisobida taslim qildi.

Roberto Manchini boshchiligidagi italiyaliklar ketma-ket 21 ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchrayotgani yo'q. Jamoa bu davr ichida 16 ta g'alabani qo'lga kiritib, 5 ta bahsda durang qayd etgan. Evro-2020 saralash bosqichi doirasida 10 ta o'yinning barchasida g'alaba qozonilgan. So'nggi bor Manchini jamoasi 2018 yil sentyabrida Millatlar Ligasi doirasida Portugaliyaga 0:1 hisobida engilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia