

Italiya Superkubogi uchun bo'ladigan bahsni Luka Banti boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Unga qanotlarda Filippo Meli va Janluka Kariolato ko'maklashadi. Darvozalar ortida esa Janluka Rokki va Paolo Talyavento ishlaydi. Zaxira hakami esa Antonio Damato bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Italiya Superkubogi o'yini 8 avgust kuni Shanhay shahrida bo'lib o'tadi.



