Italiya Kubogi. "Yuventus" finalda "Inter" bilan kuch sinashadi

Omonjon To`xtamirzayev
21 apr 2022, 03:17
Italiya Kubogining finalchilari nomi ma'lum bo'ldi.

Finalda "Yuventus" va "Inter" ro'baro kelishadi. Turinliklar "Fiorentina"ni taslim etgan bo'lsa, Inzagi shogirdlari hamshaharlari "Milan" klubini mag'lub etishdi.

Turinliklar musobaqaning amaldagi g'olibi sanalishadi, milanliklar esa hal qiluvchi bahsga 2011 yildan buyon birinchi marta yetib kelishdi.

Final 11 may kuni "Stadio Olimpiko"da bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia