Italiya Kubogi. Yuventus - dastlabki finalchi

Khoja
24 apr 2024
Italiya Kubogida dastlabki finalchi aniqlandi.

Yuventus Rimda Lacioga imkoniyatni boy berganiga qaramay, o'z uyidagi g'alaba evaziga final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Turin klubi bosh sovrin uchun Atalanta-Fiorentina (birinchi o'yin - 0:1) juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi. 

Italiya Kubogi. Yarimfinal. Javob bahsi

Lacio - Yuventus 2:1

23 aprel, Olimpiko

Gollar: Kastelyanos (12, 49) - Milik (83). 

Lacio – Mandas, Hyusay, Romanioli, Kazale, Xila (Gabarron, 46), Marushich, Luis Alberto, Felipe Anderson (Vesino, 61), Kataldi (Rovella, 81), Genduzi (Pedro, 85), Kastelyanos (Immobile, 82).

Yuventus – Perin, Kambiyazo (Vea, 70), Aleks Sandro, Danilo, Bremer, Kostich, Rabio, Lokatelli, Makkenni (Yildiz, 81), Keza (Alkaras, 90), Vlahovich (Milik, 81).

Ogohlantirish: Lokatelli (34).

Birinchi o'yin - 0:2.


KhojaMuallif
Manba: championat.com