Italiya Kosta-Rika bilan o'yinda qo'shimcha tanaffuslar so'ramoqda

Tolibjon Qosimov
20 iyun 2014, 16:42
Italiya murabbiylar shtabi FIFAdan Kosta-Rika bilan uchrashuv vaqtida qo'shimcha tanaffuslar joriy qilishni so'ramoqda.
Bunga sabab bahs bo'lib o'tadigan Resifi shahrida uchrashuv paytida kun juda ham isib ketishi kutilmoqda.

Bu so'rov bilan murabbiylar shtabi, futbolchilar biroz dam olib suv ichib olishga imkoniyat yaratmoqchi. FIFA qonunlariga ko'ra, ob-havo 32 darajadan oshib ketsa qo'shimcha tanaffuslar qilishi mumkin, Resifi shahrida esa 28 daraja issiq bo'lishi kutilmoqda.

Italiya va Kosta-Rika terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 20 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net