Italiya futbol federatsiyasi prezidenti: "Boshqa murabbiylar bilan muzokara olib bormadik"

Tolibjon Qosimov
10 sen 2013, 11:34
Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Jankarlo Abete terma jamoa bosh murabbiyi Chezare Prandelli boshqa murabbiyga almashtirilishi haqidagi ma'lumotni inkor etdi.
"Biz hech qanday boshqa murabbiy bilan muzokara olib bormadik. Jahon chempionatiga saralash tugaganidan keyin Prnadellining terma jamoadagi keyingi faoliyatini muhokama qilamiz. Bu borada barcha ma'lumotlar shaffof holatda bo'ladi. Biz klub emas, federatsiyamiz".

"Prandelli tremadagi o'z o'rnida qoldirilishi mumkin. Men u bilan gaplashib ko'rib, uning maqsadini bilishim kerak", dedi Abete.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru