

O'ttiz uch turdan so'ng Inter va Napoli bir xil ochko jamg'argan va jamoalar o'rtasidagi ikki to'qnashuv ham 1:1 hisobida yakunlangan. Agar 38-turdan so'ng ham jamoalar hisobidagi ochkolar teng bo'lib qolsa, oltin uchrashuv tashkil etiladi. Ushbu o'yin katta ehtimol bilan Olimpiko stadionida bo'lib o'tadi. Asosiy vaqtda durang qayd etilgan taqdirda esa darhol penaltilar seriyasi tayinlanadi.



