"Istiqlol"da ta'mirlash jarayoni davom etmoqda

Mirjalol Normatov
11 apr 2022, 22:24
Xabaringiz bor, Farg'onaning asosiy sport majmuasi hisoblanmish "Istiqlol" markaziy o'yingohida ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

Hozirgi kunda maydonni yangilash maqsadida yangi ekilgan maysa urug'lari chiroyli holatga keltirilgan. Undan tashqari maydon atrofida joylashgan yugurish yo'lakchalari ham qayta ta'mirlanmoqda. 

Futbol maydonini sug'orish uchun Yevropa standartlariga mos keladigan qurilmalar o'rnatilishi ham  rejadan o'rin olgan- deya, xabar beradi stadion mamuriyati.


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати