Istiqlol ko'k, Andijon oq rangli libosda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
11 apr 2018
Xabaringiz bor, bugun O'zbekiston professional futbol ligasining PRO-Liga 2-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

 Farg'ona shahridagi muhtasham Istiqlol stadionida mahalliy Istiqlol jamoasi Andijonning Andijon jamoasini qabul qiladi. Bo'lajak vodiy derbisi oldidan miting o'tkazildi. Uni O'zPFL vakili, o'yin komissari Komiljon Mirzaboev olib bordi. Istiqlol markaziy o'yingohining anjumanlar zalida o'tkan o'yinoldi mitingida Istiqlol jamoasi boshlig'i Hakimjon Fayziev, klub mamuri Kazbek Ortiqboev, matbuot kotibi Behruz Xoliqov, stadion direktori Ilhomjon Sobidov, Farg'ona viloyati IIB vakili hamda Andijon klubi menedjeri Islombek Rustamov, matbuot xizmati xodimi Baxtiyor Toshtemirov ishtirok etdi.

Mitingda uchrashuv komissari Komiljon Mirzaboev o'yinni yuqori saviyada o'tkazish uchun qilinishi lozim bo'lgan bir qator masalalarni aytib, mas'ul shaxslarga topshiriqlarni berdi.

Tabiiyiki mazkur miting davomida bugun jamoalarning qanday rangli libosda maydonga tushishi ham muhokama etilib, yakunda bir to'xtamga kelindi. Unga ko'ra, mezbonlar ko'k rangli, mehmon jamoa esa oq rangli libosda xarakat qiladigan bo'ldi.

Ma'lumki, Farg'onadagi uchrashuvga Andijondan ham mingga yaqin ishqibozlar kelishi kutilmoqda. Istiqlol stadioni rahbarining aytishicha, andijonlik muxlislar bugungi o'yinni bevosita 29-sektordan ko'rib borishi mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.
 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати