Turkiya Superligasi. "Bashakshexir" muhim o'yinda g'alabaga erishdi, Fayzullaevdan assist

Alisher Ostonov
7 mar 2026
Turkiya Superligasi 25-tur doirasidagi "Istanbul Bashakshexir" - "Gyoztepe" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va maydonda to'liq harakat qildi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullaev esa asosiy tarkibda o'yinga qo'shilib, tanaffusda almashtirildi. Xavbek jamoasining ilk goliga assistentlik qildi.

"Bashakshexir" Turkiya Superligasida 25 o'yindan so'ng 42 ochko jamg'argan holda beshinchi o'ringa chiqib oldi. Undan pastki o'rinda kelayotgan "Gyoztepe"da ham shuncha ochko bor.

Istanbul klubining o'zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov 16 ta gol bilan to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda bormoqda. Birinchi o'rindagi Pol Onuachuda 18 ta gol bor.






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia