Ispaniyaning Gruziya va Turkiyaga qarshi bahslar uchun qaydnomasi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
7 noya 2025, 20:51
Ispaniya termasining JCH-2026 saralashida noyabr oyidagi bahslar uchun qaydnomasi ma'lum qilindi.

Ispaniya 15 noyabrda Gruziya, 18 noyabrda Turkiya termalariga qarshi bahs olib boradi.

Darvozabonlar: Unai Simon ("Atletik"), David Rayya ("Arsenal"), Aleks Remiro ("Real Sosedad").

Himoyachilar: Pedro Porro ("Tottenxem"), Markos Lorente ("Atletiko"), Din Xeysen ("Real"), Emerik Laport ("Atletik"), Pau Kubarsi ("Barselona"), Dani Vivian ("Atletik"), Mark Kukurelya ("Chelsi"), Aleks Grimaldo ("Bayer").

Yarim himoyachilar: Fabian Ruis("PSJ), Martin Subimendi ("Arsenal"), Aleish Garsiya ("Bayer"), Mikel Merino ("Arsenal"), Pablo Barrios ("Atletiko"), Pablo Fornals ("Betis"), Aleks Baena ("Atletiko"), Dani Olmo ("Barselona"), Fermin Lopes ("Barselona").

Hujumchilar: Samu Agexova ("Portu"), Lamin Yamal ("Barselona"), Yeremi Pino ("Kristal Pelas"), Mikel Oyarsabal ("Real Sosedad"), Ferran Torres ("Barselona"), Borxa Iglesias ("Selta").

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/SEFutbol