Ispaniyalik futbolchilar jonli efirda jurnalistlar bilan salomlashishdi (video)

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2016, 14:03
Ispaniya - Turkiya uchrashuvidan oldin ispaniyalik futbolchilar beIN Sports telekanilining efirida paydo bo'lishdi.

Ushbu kanalda mutaxassis sifatida ishlayotgan Erik Abidal, Rober Pires va Lyudovik Juli ushbu voqeadan hayron bo'lishmadi. Avvaliga ushbu sobiq futbolchilar oldiga Mark Bartra, Bruno Soriano va Ektor Belerin kelishdi. Biroz o'tib Pike ham ular safiga qo'shildi.

Pike Pep Gvardiola qo'l ostida Abidal bilan birga to'p tepgan. Mark Bartra ham fransiyalik bilan yaqindan tanish. Rober Pires Bruno Soriano bilan "Vilyarreal"da uzoq vaqt birga o'ynashgan.

TAS-IX



TAS-IX emas


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV

Videoni Telegramdagi kanalimizdan ko'chirib oling: KANALGA OBUNA BO'LISH


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia