Ispaniyada "tabrik koridorlari" tashkil etish taqiqlanishi mumkin

Sherzod Nurmatov
25 iyun 2024
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) va Ispaniya chempionati oliy divizioni rahbariyati bolalarga salbiy ta’sir ko'rsatgani uchun futbolchilarga "tabrik koridorlari" qilishni taqiqlashni rejalashtirmoqda.

RFEF Pontevedra provinciyasining onalar va otalar uyushmasidan xat oldi. Unda aytilishicha, bolalar futbolchilardan o'rnak olishadi va "tabrik yo'laklari"ni takrorlaydilar, xususan, maktabda imtihon topshirishlari munosabati bilan. 

Qayd etilishicha, bu holda ular bir-biriga jiddiy jarohat etkazishi mumkin. RFEF shikoyatni ko'rib chiqish majburiyatini oldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca