Ispaniyada Realni 23,8 foiz muxlis yaxshi ko'radi, Barselonani 18,2 foiz

Narzulla Saydullayev
10 noya 2013, 10:06
AIMC kompaniyasi Ispaniya aholi o'rtasida so'rov o'tkazib futbol mamlakatda birinchi raqamli sport turi ekanini aniqladi. Real esa eng ko'p muxlisga ega ekan.
Madrid klubiga 23,8 foiz aholi muxlislik qiladi. Undan keyingi o'rinda 18,2 foiz bilan Barselona qayd etilgan. Kuchli uchlikni Atletiko (3,7 foiz) yakunlagan.

Beshlikda Valensiya (3,1 foiz) va Atletik (2,7 foiz) kabi klublar bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru