Ispaniyada qaysi jamoaning o'yinlari eng ko'p tomosha qilinmoqda?

Mirjalol Normatov
11 okt 2024, 20:58
Ispaniyada "Real"ning o'yinlari ko'proq muxlislarni televizor qarshisiga chorlamoqda.

"Barlovento Comunicación" nashri hisoblashlariga ko'ra, Madrid klubining o'yinlarini o'rtacha 1 518 000 muxlis tomosha qiladi. Bu natijaga ko'ra, "Real" mamlakat jamoalari reytingida peshqadam bo'lib oldi.

Ikkinchi o'rinda esa "Barselona" qayd etildi - 1 289 000 muxlis. Kuchli uchlikni "Atletiko" yopib beradi - o'rtacha 1 161 000 muxlis. "Vilyarreal" esa millionlik dovondan o'tadigan so'nggi jamoa bo'ldi - o'rtacha 1 056 000 muxlis.

Qolgan jamoalarning o'yinlarini milliondan ko'proq muxlislar tomosha qilishmaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca