Ispaniya va Argentina Jahon chempionatida o'z guruhlarida g'alaba qozonishsa, finalgacha to'qnash kelishmaydi. Fransiya va Angliya ham

Administrator
26 noya 2025, 00:42
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati qur'a tashlash savatchalarini taqdim etdi.

Turnirda 48 ta jamoa ishtirok etadi, ular 12 ta guruhga bo'linadi - har bir guruhda 4 tadan milliy jamoa bo'ladi. Guruh bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi 5 dekabr kuni Vashingtonda bo'lib o'tadi.

Jahon chempionati ley-off bosqichida tennis musobaqalariga o'xshash setka tizimi qo'llaniladi: FIFA reytingida birinchi ikki o'rinni egallagan jamoalar (Ispaniya va Argentina) setkaning qarama-qarshi tomonlariga joylashtiriladi. Xuddi shu holat mos ravishda 3- va 4-o'rinlarni egallagan Fransiya va Angliya terma jamoalariga ham tegishli. Shunday qilib, agar bu jamoalarning barchasi o'z guruhlarida g'alaba qozonsa, yarim finalgacha uchrashish imkoniyati bo'lmaydi. Ispaniya - Argentina va Fransiya - Angliya juftliklari faqat yakuniy final o'yinidagina bo'lib o'tishi mumkin.


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: fifa.com