Ispaniya terma jamoasi JCH-2022 oldidan himoyachisidan ayrildi

Оқил Абдубарноев
18 noya 2022, 19:11
Ispaniyalik himoyachi Xose Gayya jarohati sabab JCH-2022'da maydonga tushmaydi.

27 yoshli futbolchi Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (3:1) olgan jarohati sabab terma jamoa lagerini tark etadi.

"Valensiya" futbolchisi MRT tekshiruvidan o'tdi, natijada o'ng to'pig'ida jarohat aniqlandi.

Ispaniya mundialdagi ilk bahsini Kosta-Rikaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: rfef.es