

Ma'lumotlarga ko'ra, "Milan"ga ijaraga berilgan "Real"ning 23 yoshli yarim himoyachisi 20-28 mart kunlari katta ehtimol bilan Marokash terma jamoasi yig'inida ishtirok etadi.
Dias Ispaniyaning Malaga shahrida tug'ilgan, ammo uning ota-onasi asli marokashlik. Braim Ispaniyaning o'smirlar va yoshlar jamoasida to'p tepgan va 2021 yilda asosiy jamoada bir marta maydonga tushgan. Shundan so'ng u Ispaniya terma jamoasiga chaqirilmay qo'ydi.
Dias joriy mavsum A Seriyaning 17ta uchrashuvida 4ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.



