Ispaniya superkubogi: “Barselona” va “Real”ning raqiblari ma'lum

11 noya 2019, 22:19
Ispaniya superkubogi yarim finalida muxlislar “Real”- “Valensiya” va “Barselona”- “Atletiko” qarama qarshiligiga guvoh bo'lishadi.

Yarim final bellashuvlari 8 (“Real” – “Valensiya”) va 9 (“Barselona”- “Atletiko”) yanvar kunlari, final esa 12 yanvar kuni o'tkaziladi.

Avval xabar qilinganidek, Ispaniya superkubogi yarim final va final uchrashuvlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Saudiyaliklar ushbu turnirni o'z yurtlarida o'tkazish uchun 120 million evrodan voz kechishdi.

O'xshash yangiliklar

Manba: sports.ru