Ispaniya kubogi 1/32 final bosqichiga qur'a tashlandi. "Barselona" va "Real Madrid" musobaqani mehmonda boshlaydi

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2021, 18:15
Bugun Ispaniya kubogining 1/32 finaliga qur'a tashlandi. Quyida qur'a natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

Qur'aga ko'ra "Barselona" mehmonda "Kornelya" bilan o'ynaydi, "Real Madrid" ham musobaqani safarda "Alkoyano SAD" jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi. 

Eslatib o'tamiz Ispaniya kubogining amaldagi g'olibi pandemiya sabab vaqtida aniqlanmagan, uchrashuv esa 4 aprel kuni bo'lib o'tadi. Unda "Real Sosedad" hamda "Atletik" jamoalari kuch sinashadi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RFEF