Ispaniya FF rahbari ishdan olindi

23 dek 2017, 00:34
Anxel Mariya Vilyar Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti lavozimidan chetlatildi.

Bunday qaror Sport arbitraj sudi tomonidan qabul qilindi. Yaqin kunlarda mamlakat futbol federatsiyasi prezidentligi uchun yangi saylovlar o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, iyul oyida Vilyar korrupsiyada ayblanib, hibsga olingandi. U FIFA va UEFA tashkilotlari bilan noqonuniy oldi-berdilarda ayblanmoqda.

O'xshash yangiliklar

Manba: Onda Cero