"Ismini tarixga yozdirgan rus dahosi...". La Liga Karpinni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

2 fev 2020, 22:17
Ispaniya Li Ligasi matbuot xizmati o'zining tvittyerdagi rasmiy sahifasida "Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpinni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi.

Bugun, 2 fevral, mutaxassis 51 yoshni qarshi oldi.

"O'z ismini La Liga tarixiga yozdirgan rus dahosi. Tug'ilgan kuning bilan, Karpin!" - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Estoniyada tug'ilgan Karpin Ispaniyada 1994-2005 yillarda faoliyat yuritib, "Real Sosedad", "Valensiya" va "Selta" klublari sharafini himoya qilgan. U "Selta" bilan Intertoto kubogini yutgan (2000) va Ispaniya kubogi finaliga chiqqan (2000/2001). "Real Sosedad" bilan esa 2002/03 yilgi mavvsum yakunida La Liga kumush medallariga ega chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/LaLiga