Islom To'xtaxo'jaev to'rtta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
5 dek 2014
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev to'rtta o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok eta olmaydi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, To'xtaxo'jaev OFK tomonidan diskvalifikaciya qilingan.

Osiyo Kubogi-2015 saralashi doirasidagi BAAga qarshi so'nggi tur uchrashuvida himoyachi qizil kartochka olgandi. Shu bois u Avstraliyadagi musobaqaning ilk turini o'tkazib yuborishi kerak.

Bundan tashqari, Incheonda bo'lib o'tgan O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvida Islom bosh hakam bilan janjallashib qolgan. OFK ushbu holatni ko'rib chiqdi va himoyachimizni 4ta uchrashuvga diskvalifikaciya qildi. Unga ko'ra To'xtaxo'jaev bu jazoni o'rtoqlik uchrashuvlarida ham o'tashi mumkin.

Ma'lumot uchun, OK-2015ga qadar terma jamoamiz kamida 7ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia