Islom Ismoilov Zomindagi g'alabadan keyin: "Jamoaning yetakchi futbolchilariga jiddiy etirozim bor"

Narzulla Saydullayev
7 sen 2020, 19:11
PRO Liga 5-turidan o'rin olgan "Zomin" - "Turon" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov ishtirok etdi.




"Bugungi o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, to'g'ri g'alaba qozondik, lekin bunday g'alaba menga kerak emas. Bugungi o'yin uchun jamoamizning yetakchi futbolchilariga jiddiy etirozim bor. Bu o'yinni albatta tahlil qilamiz, nafaqat yetakchi, boshqa futbolchilarimizga ham etirozlarim etarlicha. Sababi o'yinga tayyorgarlik davomida futbolchilarga hujumkor o'yin namoyish etish haqida ko'rsatma beramiz. Lekin yigitlar biz istagan ko'rsatmalarni bajarmayapti yoki bajara olmayapti. To'g'risini aytganda, bugungi o'yindan qoniqish hosil qilmadim.

Hakamlar ishini baholaydigan maxsus qo'mita bor, ularni ishiga baho berish bizning vazifamiz emas. O'yin davomida murabbiyda vaziyatdan kelib chiqib hayajon bo'ladi, bu tabiiy xol.

Takror aytaman, biz tayyorgarlik jarayonida futbolchilarga faqat hujumkor o'yin namoyish etishlari bo'yicha ko'rsatmalar beramiz. Mashg'ulotlarimiz ham hujumkor uslubdagi futbol namoyish etishga mo'ljallangan. Balki ruhiyat bilan bog'liqdir, yoki boshqa sababi bordir, futbolchilar maydonda bizning ko'rsatmalarimizni to'liq bajara olishmayapti.

Shu o'rinda sifatli maydon uchun va bu yerda olib borilgan bunyodkorlik ishlari uchun "Zomin" klubi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. Bugun "Zomin" mag'lubiyatga loyiq o'yin namoyish etmadi" - deydi Islombek Ismoilov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia