Islom birdamligi o'yinlari. Bugun musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimiz natijalarini kuzatib boring

Aziz Tukhtamuradov
17 avg 2022, 15:53
Turkiyadagi Islom birdamligi o'yinlari o'z nihoyasiga yetib bormoqda.

Bugun terma jamoamiz vakillari 7 sport turida g'oliblik uchun bahs olib borishadi:

Basketbol 3x3, yarim final: O'zbekiston – Ozarbayjon

Sport gimnastikasi: Oksana Chusovitina, Ominaxon Halilova, Dildora Aripova (ko'pkurash)

Karate: Shahrizoda Ismatullaeva (-50 kg), Sevinch Rahimova (-55 kg), Vorisxon Zayniddinov (-60 kg), Sadriddin Saymatov (-67 kg), Dostonbek Otabolaev (-75 kg)

Kamondan otish: yakkalik, jamoaviy va mikst dasturlar (Ziyoda Abdusattorova, Zebiniso Abdusattorova, Nilufar Hamroeva, Amirxon Sadikov, Ozodbek Ungalov, Chen Yao Yuy)

Qilichbozlik: Fayzulla Alimov, Roman Aleksandrov, Nodirbek Mo'minov, Javohir Nurmatov (jamoaviy shpaga, erkaklar), Umida Ilyasova, Kamila Mirzaeva, Ilayda Gedikli, Marjona Usmonova (jamoaviy rapira), Shahzoda Egamberdieva, Sevara Rahimova, Dilnaz Murtazaeva, Marjona Zubaydulloeva (jamoaviy shpaga, ayollar), Islambek Abdazov, Musa Aymuratov, Zuhriddin Qodirov, Sherzod Mamutov (jamoaviy sablya)

Suzish: Sitora Odilova (200 m brass), erkaklar va ayollar 4x100 kompleks estafeta, Oybek Xo'jaev va Eldorbek Usmonov (50 m batterflyay), Xurshidjon Tursunov va Aleksey Tarasenko (100 m erkin)

Kikboksing: 20 nafar sportchi.


Sportchilarimizning natijalari bilan quyidagi sahifada tanishib borishingiz mumkin > > > Islom birdamligi o'yinlari. O'zbek sportchilarining bugungi ishtirokidan ONLAYN

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com