

Islom Ahmedov: “Kuchli mutaxassis jamoasiga qarshi o'ynadik. Yigitlarga katta rahmat, maydonda borini berishdi. G'alabadan xursandmiz”.
- “Andijon” birinchi bo'limda ikkinchi taymga nisbatan kuchsizroq o'ynadi. Tanaffusda yigitlarga nima dedingiz?
- Doimo erkin o'ynash kerakligini takidlayman. Hujumda tajovuzkor, to'pni nazorat qiladigan va rang-barang hujumlar tashkil qiladigan jamoa qurmoqchimiz. Tanaffusda kamchiliklar haqida gaplashdik va ikkinchi bo'limda hammasi joyiga tushib ketdi.
- “Andijon” jamoasidan transfer taqiqi olib tashlanibdi. Jamoaga yangi futbolchilar kelishi mumkinmi?
- Bu haqida eshitdik. Yangi qo'shilgan futbolchilar haqida xabar beramiz. Biror chiziqni kuchaytirish kerak bo'lsa, o'sha poziciyaga futbolchi olishga harakat qilamiz.
- Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar haqida fikringiz?
- Bizda zaxiradan bahsga qo'shilganlar o'yinimizni kuchaytrib beryapti. Bugun ham shunday bo'ldi va g'alabaga erishdik.
- Imeda Ashortia “Paxtakor”ga qarshi bahsda ishtirok eta oladimi?
- U davolanishni davom ettiryapti. “Paxtakor”ga qarshi bahsga ulgurmasa kerak. Keyingi uchrashuvlarda yordam beradi deb umid qilamiz.
- Yosh futbolchi Hamidullo Karimov haqida fikringiz?
- Bu yigitni kuzatib borardik. Bu lavozimga tayinlanganimdan so'ng Hamidulloni asosiy jamoaga qo'shdik. U iqtidorli, gol sezish qobiliyatiga ega. Asta-sekinlik bilan uning maydondagi vaqtini oshirib boryapmiz.


