Isko Zidanning roziligi bilan transferga qo'yildi (El Confidencial)

18 noya 2020, 23:37
Madridning "Real" klubi yarim himoyachini Iskoni sotishga qaror qildi, deya xabar tarqatdi "El Confidencial".

Ispaniyalik futbolchi "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidanning roziligi bilan transferga qo'yilgan. 28 yoshli Iskoning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi Madrid klubi tarkibiga 2013 yilda "Malaga"dan kelib qo'shilgan edi. U joriy mavsum 6 o'yinda maydonga tushdi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Confidencial