Isko uchun APLning 2 yetakchisi kurashmoqda

Mirjalol Normatov
22 mar 2020, 13:10
"Qaymoqranglilar" futbolchini faqatgina APL jamoalariga qo'yib yubormoqchi.

"The Sun" xabariga ko'ra, "Real" xavbeki Isko yozda jamoani tark etishga tayyor. 27 yoshli ispaniyalik futbolchi Zinedin Zidanning keyingi rejalariga kirmayapti. Shu boisdan u o'zini boshqa chempionatlarda sinab ko'rmoqchi.

"Real"ga Isko borasida "Chelsi" va "Arsenal" kabi klublar qiziqish bildirmoqda. Ular ispan uchun 50 mln evro to'lashga tayyor turishibdi. Ushbu mavsumda Isko LaLigada 16 o'yinda 1 gol va 1 assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun