Isko oilasi bilan birgalikda Florenciyaga uchdi. "Real" o'yinchisiga "Fiorentina" qiziqmoqda

Alisher
28 mar 2022, 11:24
"Real" yarim himoyachisi Iskoning "Fiorentina"ga ehtimoliy o'tishi borasidagi xabarlar o'yinchining tatilni Florenciyada davom ettirishi sabab yanada ko'paydi.

U terma jamoalar tanaffusini oilasi bilan birgalikda Florenciya shahrida o'tkazmoqda.

Yarim himoyachining madridliklar bilan shartnomasi 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi joriy mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida jami 14ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo