Ishonish qiyin! Messi "Real"ning 4 nafar to'puraridan ko'p gol urdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
16 yanv 2018, 20:07
Dam olish kunlari Ispaniya LaLigasida 19-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Turnir jadvalida "Barselona" 51 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, ularning azaliy raqiblari "Real" 32 ochko jamg'arib to'rtinchi pog'onada bormoqda.

Ayni paytga kelib to'purarlar poygasida Lionel Messi 17ta gol bilan yakka peshqadam. Qiziqarlisi, "Real"ning joriy mavsum LaLigadagi eng yaxshi 4 nafar to'purarlari urgan gollarni jamlasa ham Messini gollariga yetmaydi. Ronaldu, Beyl, Asensio va Iskolar to'rttadan to'p kiritishgan - jami 16ta.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball