"Irtish" 8 yanvardan Antaliyada yig'inni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2014
8 yanvar kunidan Qozog'istonning "Irtish" klubi Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
Xabaringiz bor, pavlodarliklar tarkibida bir yo'la uch nafar hamyurtimiz - Ulug'bek Baqoev, Kamoliddin Murzoev va Shavkat Salomov to'p tepadi. "Bunyodkor"ning sobiq a'zosi hisoblangan Salomov o'tgan mavsumni Qozog'istonning boshqa bir klubi "Jetisu"da o'tkazgandi. Yaqinda bu yarim himoyachimiz ham "Irtish" bilan erkin agent maqomida shartnoma imzoladi. Pavlodar klubi oldiga jamoa rahbariyati yangi mavsumda evrokuboklarga beriladigan yo'llanmalardan birini qo'lga kiritish vazifasini qo'ygan. O'tgan yili jamoadan jazo sifatida uch ochko olib tashlanishi natijasida sovrinli o'rinlardan bebahra qolgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia