Iroq terma jamoasi Cherchesovga taklif bilan chiqdi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2021, 01:18
Murabbiy bunga qanday javob bergani ma'lum.

Xabarlarga ko'ra, Iroq futbol federatsiyasi terma bosh murabbiyligiga Stanislav Cherchesovni tayinlash istagini bildirdi.

"Iroq futbol federatsiyasi mamlakat milliy jamoasiga Cherchesovni tayishlamoqchi bo'ldi. Murabbiy oldiga Qatardagi jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi qo'yilardi", – dedi manbalardan biri.

Boshqa bir manbaning takidlashicha, Cherchesov Yevropa chempionatidagi charchoq sababli taklifga rad javobini bergan.

Eslatib o'tamiz, Rossiya futbol ittifoqi Evro-2020'dagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin Stanislav Cherchesov bilan shartnomani bekor qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: soccernews.ru